Marketingga sarflagan pulingiz necha karra qaytyapti?
ROIx — natijaga pul bilan javob beradigan Performance Marketing agentligi. Biz post emas — mijoz oqimi tizimini quramiz: tadqiqot, kreativ, trafik, sotuv va raqamli hisobot — bitta jamoada.
ROIx — nom emas, va'da
ROIx = ROI (Return on Investment) × karra. Nomning o'zi offer: biznes marketingga qo'ygan pulini biz orqali karrasiga qaytaradi. Butun ish tizimimiz bitta savolga bo'ysunadi: “Mijozning har bir dollari necha karra bo'lib qaytdi?”
Bu og'riqlar tanishmi?
Agar quyidagilardan kamida 2–3 tasi sizda mavjud bo'lsa — biz sizga foydali bo'la olamiz:
→ Shu holatlardan chiqarish — bizning asosiy ishimiz.
Ideal mijozimiz
O'sayotgan biznes (yillik aylanmasi 1 mlrd so'mdan yuqori); Ta'lim, Qurilish, Sog'liqni saqlash, Savdo va xizmatlar, Ishlab chiqarish, IT va texnologiyalar, Logistika kabi sohalar; egasi qaror qabul qiladi va natijani 3 oylik gorizontda baholashga tayyor; marketingga xizmat + reklama byudjetini ajrata oladi.
1 haftada “portlash” kutadiganlarga; reklama byudjetisiz ishlamoqchi bo'lganlarga; sotuv bo'limi ham yo'q, qurish niyati ham yo'q bo'lganlarga (hozir yo'q, lekin qurmoqchi bo'lsangiz — bemalol murojaat qiling). Oyiga cheklangan soncha yangi loyiha olamiz — bu sifat kafolati.
6 bosqichli isbotlangan tizim
Natija tasodif emas. Har bir loyiha bir xil, sinalgan jarayondan o'tadi — har bosqichda o'zining professional metodikasi bilan.
Tahlil
Biznes, mahsulot, raqobat va marketing auditi. Qayerda pul yo'qotilayotganini topamiz.
Tadqiqot
Real mijozlaringiz bilan suhbatlashamiz: nima uchun sotib olishadi, nimadan qo'rqishadi.
Strategiya
To'liq strategiya xaritasi: pozitsiya, offerlar, kanallar, voronka.
Ishlab chiqarish
Ssenariy, syomka, montaj, dizayn — sotadigan kreativlar. Har kreativ — alohida test gipotezasi.
Trafik
Target (Meta, Telegram, LinkedIn), kontekst (Google, Yandex), retargeting, lookalike — A/B testlar bilan.
Sotuv + Analitika
Lid sifatini birga baholaymiz, sotuv bo'limi bilan ishlaymiz, oyni AKT bilan yopamiz.
Har byudjetga — aniq chegarali paket
Har paketda nima kirishi VA nima kirmasligi yozma belgilangan. Paket ustiga bosib to'liq tarkibni ko'ring. Reklama byudjeti alohida — maqsadingizdan kelib chiqib birga belgilaymiz.
Qaysi paket sizga mos?
Savollarga javob bering — mos paketni ko'rsatamiz. Maqsadni bir nechtasini tanlash mumkin.
1. Maqsadlaringiz? (bir nechtasini tanlash mumkin)
2. Sotuv bo'limingiz bormi?
3. Oylik xizmat byudjeti?
Lidgen START
Marketingni endi boshlayotgan, target kuchini birinchi bor sinab ko'rmoqchi bo'lgan kichik biznes.
- 3 ta target kreativ — ssenariy, syomka, montaj, brendfeys ichida
- Meta (Instagram/Facebook) target: sozlash, yuritish, optimizatsiya
- Lid-filtr (forma/bot) — sifatsiz lid oldindan kesiladi
- Haftalik lid sifati bahosi
Lidgen PRO
Lid oqimini kengaytirmoqchi va natijani raqamda kuzatmoqchi bo'lgan o'sayotgan biznes.
- 5 ta target kreativ (individual syomka, brendfeys bilan)
- Meta + Telegram target
- Retargeting + lookalike auditoriyalar
- Lid-filtr (forma/bot)
Lidgen MAX
Sotuv bo'limi bor, faqat sifatli lid oqimi yetishmayotgan biznes. Target liniyasining flagmani.
- 8 ta target kreativ (individual syomka, brendfeys bilan)
- To'liq trafik boshqaruvi: Meta + Telegram, retargeting, lookalike, A/B testlar
- Lid-filtr (forma/bot)
- Project Manager biriktirilgan
| Lidgen START$700Batafsil → | Lidgen PRO$1,000Batafsil → | Lidgen MAX$1,500Batafsil → | |
|---|---|---|---|
| Narx va model | |||
| Oylik narx | $700 | $1,000 | $1,500 |
| To'lov modeli | Fix | Fix | Fix |
| KPI kafolati (bajarmasak — olmaymiz) | ✕ | ✕ | ✕ |
| Minimal muddat | 3 oy | 3 oy | 3 oy |
| Kontent va kreativ | |||
| Target kreativlar (oyiga) | 3 | 5 | 8 |
| Postlar (oyiga) | ✕ | ✕ | ✕ |
| Stories (oyiga) | ✕ | ✕ | ✕ |
| Dizayn | ✕ | ✕ | ✕ |
| Trafik | |||
| Meta target (Instagram/Facebook) | ✓ | ✓ | ✓ |
| Telegram target | ✕ | ✓ | ✓ |
| Retargeting + lookalike | ✕ | ✓ | ✓ |
| Kontekst (Google/Yandex) | ✕ | ✕ | ✕ |
| Sotuv bilan ishlash | |||
| Lid-filtr (forma/bot) | ✓ | ✓ | ✓ |
| Haftalik sotuv-sinxron | ✕ | ✕ | ✓ |
| E'tirozlar xaritasi | ✕ | ✕ | ✓ |
| Sotuv auditi va skriptlar | ✕ | ✕ | ✕ |
| Qo'ng'iroq tahlili | ✕ | ✕ | ✕ |
| Sotuv onboarding treningi | ✕ | ✕ | ✕ |
| Mystery shopping (yashirin xaridor) | ✕ | ✕ | ✕ |
| CRM o'rnatish va sozlash | ✕ | ✕ | ✕ |
| Sotuv landing sahifasi | ✕ | ✕ | ✕ |
| Boshqaruv va analitika | |||
| Project Manager | ✕ | ✕ | ✓ |
| Marketolog (CustDev, strategiya) | ✕ | ✕ | ✕ |
| Platformaga kirish (app.roix.uz) | ✕ | ✓ | ✓ |
| Hisobot | oylik | haftalik | haftalik |
| Oylik AKT (lid sifati bilan) | ✕ | ✕ | ✓ |
| NPS/TOM brend-trekking | ✕ | ✕ | ✕ |
| Strategik sessiya asoschi bilan | ✕ | ✕ | ✕ |
Gap bilan emas — pul bilan javob beramiz
Oy boshida faqat Fix qismini to'laysiz. KPI qismi — oy yakunida, faqat kelishilgan natija bo'yicha.
Biz uzoq ishlaydigan agentlikmiz
6 yil davomida 30+ loyiha. Eng muhim ko'rsatkichimiz — mijozlar biz bilan qancha qoladi:
FBA Academy
Financial Analyst va ACCA yo'nalishidagi o'quv markaz brendini noldan qurdik: pozitsiya, kontent, lidgen va sotuv voronkasi — barqaror o'quvchi oqimi.
Arkan Development
CustDev (49 xaridor) asosida mijoz tilida kreativlar, e'tiroz-qaytarish tizimi va lid-filtr qurdik. Park Avenue va Eleven Residence loyihalari.
Domofon.uz
Bitta syomkadan ikki reklama chiqadigan modul ssenariylar tizimi — arzon va barqaror lid oqimi, bosqichma-bosqich katta paketga o'tish.
Loyihangizda ishlaydigan 9 mutaxassis
Bitta xodim yollash narxiga — to'liq marketing bo'limi. Har biri o'z yo'nalishida, natija birga keladi.
Ko'p beriladigan savollar
Eng kam byudjet qancha?
Xizmat narxi paketga qarab $700 dan boshlanadi. Reklama byudjeti esa alohida va u sizning maqsadingiz, soha va bozorga bog'liq — bepul audit suhbatida real byudjet va kutiladigan natijani raqam bilan aytamiz. Universal “minimal byudjet” aytish halol emas.
KPI kafolati qanday ishlaydi?
Shartnomada 3 ko'rsatkich yoziladi: lid soni, maksimal CPL, sifatli lid ulushi. Oy yakunida AKT bilan taqqoslaymiz. Bajarilmagan komponent bo'yicha KPI to'lovi proportsional kamayadi — nolgacha. Shart: siz ham o'z majburiyatlaringizni bajarasiz (lidga 24 soatda aloqa, kontent tasdiqlash, byudjet).
Platforma nima va kimga beriladi?
app.roix.uz — o'z analitika platformamiz: reklama xarajati, lidlar va ularning sifatini real vaqtda ko'rasiz. Lidgen PRO ($1,000) va undan yuqori barcha paketlarda mijozga kirish beriladi.
Qancha vaqtda natija ko'rinadi?
Birinchi kreativlar 14 kun ichida efirda. Birinchi oy — tadqiqot va ishga tushirish, barqaror oqim 2–3-oydan. Shuning uchun minimal hamkorlik 3 oy.
Nega paketlarda “kirmaydi” ro'yxati bor?
Halollik uchun. Ko'p agentlik hammasini va'da qiladi-da, keyin “bu tarifga kirmaydi” deydi. Bizda chegara oldindan yozma: nima olayotganingizni va nima olmayotganingizni bilib tanlaysiz.
Hech narsamiz yo'q — noldan boshlaysizmi?
Ha. FBA va boshqa loyihalarni noldan qurganmiz: strategiya, brend, kontent, reklama, sotuv voronkasi — boshidan tuzamiz.
Bepul audit oling
30 daqiqalik suhbatda hozirgi marketingingizni raqamlar bilan tahlil qilamiz va kamida 3 ta o'sish nuqtasini ko'rsatamiz. Majburiyatsiz.
- +998 33 339 11 00
- Telegram: t.me/ROIxmarketing_admin
- info@roix.uz
- U-Tower, 1-qavat · Toshkent