Biz haqimizda
ROIx — nom emas, va'da
ROIx = ROI (Return on Investment) × karra. Nomning o'zi offer: biznes marketingga qo'ygan pulini biz orqali karrasiga qaytaradi. Butun ish tizimimiz bitta savolga bo'ysunadi: “Mijozning har bir dollari necha karra bo'lib qaytdi?”
“ROIx — natijani raqamda ko'rishni istaydigan o'sayotgan bizneslar uchun Performance Marketing agentligi. Oddiy agentliklardan farqli, biz post emas — mijoz oqimi tizimini quramiz va natijaga pul bilan javob beramiz: kelishilgan KPI bajarilmasa, o'sha oyning KPI to'lovini olmaymiz.”
Missiya
O'zbekiston biznesida marketingni “xarajat”dan “o'lchanadigan investitsiya”ga aylantirish.
Vizyon
“Natijaga pul bilan javob beradigan marketing” deganda O'zbekistonda birinchi esga tushadigan agentlik bo'lish; 100+ biznesning marketing tizimini qurib berish.
Brend va'damiz
90 kun ichida marketingingiz o'lchanadigan mijoz oqimi tizimiga aylanadi. Kelishilgan KPI bajarilmasa — o'sha oyning KPI to'lovini olmaymiz.
Falsafamiz — 5 tamoyil
1. Marketing — investitsiyaInvestitsiya o'lchanadi. O'lchanmagan narsa boshqarilmaydi.
2. Dekoratsiya sotmaymizChiroyli post sotuvga ta'sir qilmasa — bu dizayn xizmati, marketing emas.
3. Raqam gapiradiHar qaror tadqiqotga tayanadi: Audit, CustDev, NPS, AKT. His-tuyg'u — gipoteza, raqam — qaror.
4. Halollik strategiyaQila olmaydigan narsani va'da qilmaymiz. Mas'uliyat chegarasi yozma belgilanadi.
5. Tizim iste'doddan ustunNatija tasodif emas — takrorlanadigan jarayon mahsuli. Shunda u barqaror.
Qadriyatlarimiz
Natijaga sheriklikDaromadimizning bir qismi mijoz KPIsiga bog'liq. Mijoz yutsa — biz yutamiz.
ShaffoflikMijoz reklama kabinetini, xarajatlarni va haftalik raqamlarni ko'radi. Har oy AKT bilan yopiladi.
TezlikBirinchi kreativlar 14 kun ichida efirda.
Egalik hissiHar loyihaga o'z biznesimizdek yondashamiz: oyiga cheklangan soncha yangi loyiha olamiz.
Doimiy yangilanishAI va yangi instrumentlarni bozorda birinchilardan qo'llaymiz — jonli analitika platformamiz shunga misol.
“Biz reklama sotmaymiz. Biz pul ishlab beradigan tizim quramiz. Har bir so'm hisobda, har bir qaror raqamga tayanadi, har bir oy AKT bilan yopiladi. Post emas — mijoz. Like emas — savdo. Va'da emas — KPI. Bajarmasak — pulini olmaymiz.”