Marketingga sarflagan pulingiz necha karra qaytyapti?

ROIx — natijaga pul bilan javob beradigan Performance Marketing agentligi. Biz post emas — mijoz oqimi tizimini quramiz: tadqiqot, kreativ, trafik, sotuv va raqamli hisobot — bitta jamoada.

ROIx Kafolati: kelishilgan KPI bajarilmasa — o'sha oyning KPI to'lovini olmaymiz.
6+yillik tajriba
30+muvaffaqiyatli loyihalar
Ko'p yilliktajribali jamoa
Fix+KPIto'lovning bir qismi natijaga bog'liq
5+yil — eng uzoq mijoz biz bilan
Biz haqimizda

ROIx — nom emas, va'da

ROIx = ROI (Return on Investment) × karra. Nomning o'zi offer: biznes marketingga qo'ygan pulini biz orqali karrasiga qaytaradi. Butun ish tizimimiz bitta savolga bo'ysunadi: “Mijozning har bir dollari necha karra bo'lib qaytdi?”

“ROIx — natijani raqamda ko'rishni istaydigan o'sayotgan bizneslar uchun Performance Marketing agentligi. Oddiy agentliklardan farqli, biz post emas — mijoz oqimi tizimini quramiz va natijaga pul bilan javob beramiz: kelishilgan KPI bajarilmasa, o'sha oyning KPI to'lovini olmaymiz.”
Biz haqimizda — batafsil →
Kimlar bilan ishlaymiz

Bu og'riqlar tanishmi?

Agar quyidagilardan kamida 2–3 tasi sizda mavjud bo'lsa — biz sizga foydali bo'la olamiz:

Marketing va sotuv bir-biridan uzilgan — lidlar yo'qolib ketadi
Reklamaga pul ketyapti, lekin qancha qaytayotgani noma'lum
SMM va target bor, ammo sotuvga ta'siri ko'rinmaydi
Qarorlar raqamlarga emas, taxminga asoslanadi
Mijozlar oqimi barqaror emas — bir oy bor, bir oy yo'q
Marketing jarayonlari tizimsiz: reja, mas'ul va nazorat yo'q
Agentliklar va'da beradi, natijaga javob bermaydi
Biznes egasi marketing ichiga botib qolgan — asosiy ishga vaqt qolmayapti

→ Shu holatlardan chiqarish — bizning asosiy ishimiz.

Ideal mijozimiz

O'sayotgan biznes (yillik aylanmasi 1 mlrd so'mdan yuqori); Ta'lim, Qurilish, Sog'liqni saqlash, Savdo va xizmatlar, Ishlab chiqarish, IT va texnologiyalar, Logistika kabi sohalar; egasi qaror qabul qiladi va natijani 3 oylik gorizontda baholashga tayyor; marketingga xizmat + reklama byudjetini ajrata oladi.

Kimlarga mos emasmiz

1 haftada “portlash” kutadiganlarga; reklama byudjetisiz ishlamoqchi bo'lganlarga; sotuv bo'limi ham yo'q, qurish niyati ham yo'q bo'lganlarga (hozir yo'q, lekin qurmoqchi bo'lsangiz — bemalol murojaat qiling). Oyiga cheklangan soncha yangi loyiha olamiz — bu sifat kafolati.

ROIx METOD™

6 bosqichli isbotlangan tizim

Natija tasodif emas. Har bir loyiha bir xil, sinalgan jarayondan o'tadi — har bosqichda o'zining professional metodikasi bilan.

Tahlil

Biznes, mahsulot, raqobat va marketing auditi. Qayerda pul yo'qotilayotganini topamiz.

Audit · Bozor tahlili · TOM

Tadqiqot

Real mijozlaringiz bilan suhbatlashamiz: nima uchun sotib olishadi, nimadan qo'rqishadi.

CustDev · NPS so'rovlari

Strategiya

To'liq strategiya xaritasi: pozitsiya, offerlar, kanallar, voronka.

X-Mind xarita · 4P-SWOT · Avtovoronka

Ishlab chiqarish

Ssenariy, syomka, montaj, dizayn — sotadigan kreativlar. Har kreativ — alohida test gipotezasi.

Kreativ TZ tizimi · Brendfeys

Trafik

Target (Meta, Telegram, LinkedIn), kontekst (Google, Yandex), retargeting, lookalike — A/B testlar bilan.

Lid-filtr · Kampaniya strukturasi

Sotuv + Analitika

Lid sifatini birga baholaymiz, sotuv bo'limi bilan ishlaymiz, oyni AKT bilan yopamiz.

AKT · KPI dashboard · Platforma
Xizmatlar va narxlar

Har byudjetga — aniq chegarali paket

Har paketda nima kirishi VA nima kirmasligi yozma belgilangan. Paket ustiga bosib to'liq tarkibni ko'ring. Reklama byudjeti alohida — maqsadingizdan kelib chiqib birga belgilaymiz.

Qaysi paket sizga mos?

Savollarga javob bering — mos paketni ko'rsatamiz. Maqsadni bir nechtasini tanlash mumkin.

1. Maqsadlaringiz? (bir nechtasini tanlash mumkin)

2. Sotuv bo'limingiz bormi?

3. Oylik xizmat byudjeti?

Tariflarni to'liq solishtirish
Lidgen START$700Batafsil →Lidgen PRO$1,000Batafsil →Lidgen MAX$1,500Batafsil →
Narx va model
Oylik narx$700$1,000$1,500
To'lov modeliFixFixFix
KPI kafolati (bajarmasak — olmaymiz)✕✕✕
Minimal muddat3 oy3 oy3 oy
Kontent va kreativ
Target kreativlar (oyiga)358
Postlar (oyiga)✕✕✕
Stories (oyiga)✕✕✕
Dizayn✕✕✕
Trafik
Meta target (Instagram/Facebook)✓✓✓
Telegram target✕✓✓
Retargeting + lookalike✕✓✓
Kontekst (Google/Yandex)✕✕✕
Sotuv bilan ishlash
Lid-filtr (forma/bot)✓✓✓
Haftalik sotuv-sinxron✕✕✓
E'tirozlar xaritasi✕✕✓
Sotuv auditi va skriptlar✕✕✕
Qo'ng'iroq tahlili✕✕✕
Sotuv onboarding treningi✕✕✕
Mystery shopping (yashirin xaridor)✕✕✕
CRM o'rnatish va sozlash✕✕✕
Sotuv landing sahifasi✕✕✕
Boshqaruv va analitika
Project Manager✕✕✓
Marketolog (CustDev, strategiya)✕✕✕
Platformaga kirish (app.roix.uz)✕✓✓
Hisobotoylikhaftalikhaftalik
Oylik AKT (lid sifati bilan)✕✕✓
NPS/TOM brend-trekking✕✕✕
Strategik sessiya asoschi bilan✕✕✕
Kafolat

Gap bilan emas — pul bilan javob beramiz

Oy boshida faqat Fix qismini to'laysiz. KPI qismi — oy yakunida, faqat kelishilgan natija bo'yicha.

Yozma KPILid soni, lid narxi (CPL) va sifatli lid ulushi — shartnomada raqam bilan yoziladi.
Bajarmasak — olmaymizKPI bajarilmagan oyda KPI to'lovi hisoblanmaydi. Bu bizning riskimiz, sizniki emas.
Ikki tomonlama halollikSizning majburiyatlaringiz ham AKTda: lidga 24 soatda aloqa, kontentni o'z vaqtida tasdiqlash, byudjetni to'lash.
Loyihalar

Biz uzoq ishlaydigan agentlikmiz

6 yil davomida 30+ loyiha. Eng muhim ko'rsatkichimiz — mijozlar biz bilan qancha qoladi:

Ta'lim / Moliya

FBA Academy

5 yildan beri biz bilan

Financial Analyst va ACCA yo'nalishidagi o'quv markaz brendini noldan qurdik: pozitsiya, kontent, lidgen va sotuv voronkasi — barqaror o'quvchi oqimi.

Ko'chmas mulk

Arkan Development

2024-yildan beri biz bilan

CustDev (49 xaridor) asosida mijoz tilida kreativlar, e'tiroz-qaytarish tizimi va lid-filtr qurdik. Park Avenue va Eleven Residence loyihalari.

Savdo / Xavfsizlik

Domofon.uz

Target xizmatidan boshlagan

Bitta syomkadan ikki reklama chiqadigan modul ssenariylar tizimi — arzon va barqaror lid oqimi, bosqichma-bosqich katta paketga o'tish.

Jamoa

Loyihangizda ishlaydigan 9 mutaxassis

Bitta xodim yollash narxiga — to'liq marketing bo'limi. Har biri o'z yo'nalishida, natija birga keladi.

Diyor RavshanovAsoschi · Marketolog
Ulug'bek HamroyevProyekt menejer
Samandar TurdiyevTargetolog (Meta, LinkedIn, Telegram)
Nazir ElmurodovSEO & Kontekst mutaxassisi
Maftuna OmonturdiyevaKontent menejer
Amina SaidovaCopywriter
Salohiddin RahmonaliyevVideooperator-montajor
Jamshid QosimovMoushn grafika mutaxassisi
Davron RavshanovGrafik dizayner
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Eng kam byudjet qancha?

Xizmat narxi paketga qarab $700 dan boshlanadi. Reklama byudjeti esa alohida va u sizning maqsadingiz, soha va bozorga bog'liq — bepul audit suhbatida real byudjet va kutiladigan natijani raqam bilan aytamiz. Universal “minimal byudjet” aytish halol emas.

KPI kafolati qanday ishlaydi?

Shartnomada 3 ko'rsatkich yoziladi: lid soni, maksimal CPL, sifatli lid ulushi. Oy yakunida AKT bilan taqqoslaymiz. Bajarilmagan komponent bo'yicha KPI to'lovi proportsional kamayadi — nolgacha. Shart: siz ham o'z majburiyatlaringizni bajarasiz (lidga 24 soatda aloqa, kontent tasdiqlash, byudjet).

Platforma nima va kimga beriladi?

app.roix.uz — o'z analitika platformamiz: reklama xarajati, lidlar va ularning sifatini real vaqtda ko'rasiz. Lidgen PRO ($1,000) va undan yuqori barcha paketlarda mijozga kirish beriladi.

Qancha vaqtda natija ko'rinadi?

Birinchi kreativlar 14 kun ichida efirda. Birinchi oy — tadqiqot va ishga tushirish, barqaror oqim 2–3-oydan. Shuning uchun minimal hamkorlik 3 oy.

Nega paketlarda “kirmaydi” ro'yxati bor?

Halollik uchun. Ko'p agentlik hammasini va'da qiladi-da, keyin “bu tarifga kirmaydi” deydi. Bizda chegara oldindan yozma: nima olayotganingizni va nima olmayotganingizni bilib tanlaysiz.

Hech narsamiz yo'q — noldan boshlaysizmi?

Ha. FBA va boshqa loyihalarni noldan qurganmiz: strategiya, brend, kontent, reklama, sotuv voronkasi — boshidan tuzamiz.

Boshlaylik

Bepul audit oling

30 daqiqalik suhbatda hozirgi marketingingizni raqamlar bilan tahlil qilamiz va kamida 3 ta o'sish nuqtasini ko'rsatamiz. Majburiyatsiz.